Asosiy mazmunga o'tish
Asosiy
Bosh sahifaDTMMilliy sertifikatIELTSTOPIKAttestatsiya
O'quv markazlargaHamkorlik arizasi qoldiringFikr va takliflar
mockland.uzTESTQaytarish siyosati
Kirish

Qaytarish siyosati

Qaysi to'lov qaytarilmaydi, ikki istisno va ularga qanday murojaat qilinadi.

Kuchga kirgan sana: 04.11.2026

1. Umumiy qoida

mockland.uz raqamli xizmat ko'rsatadi: obuna, premium, imtihon kaliti yoki urinish to'lov tasdiqlangan zahoti faollashadi. Payme yoki Click orqali qilingan to'lovlar qaytarilmaydi. Sotib olingan premium yoki obunani bekor qilib bo'lmaydi — u muddati tugaguncha amal qiladi, avtomatik yechib olish yo'q.

2. Istisnolar

  • Tashkilot adashib boshqa hisobdan (masalan, noto'g'ri hisob raqamidan) pul o'tkazgan bo'lsa, pul tekshiruvdan keyin qo'lda qaytariladi.
  • Texnik xato tufayli bitta to'lov uchun pul ikki marta yechilgan bo'lsa, ortiqcha yechilgan pul adashib qilingan to'lov sifatida tekshiruvdan keyin qo'lda qaytariladi.
  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida qaytarish majburiy bo'lgan hollar.

3. Pul qaytarilmaydigan hollar

  • Payme yoki Click orqali qilingan har qanday to'lov.
  • Sotib olingan premium, obuna yoki kalit — ular bekor qilinmaydi.
  • Xizmatdan foydalanilgan yoki foydalanilmagan, fikr o'zgargan.
  • Hisob Foydalanish shartlari buzilgani uchun cheklangan yoki bloklangan.

4. Xizmat ochilmasa

Pul yechilgan, lekin xizmat ochilmagan bo'lsa, «Takliflar» bo'limi orqali to'lov sanasi, summasi va usulini yozing. Biz to'lovni tekshirib, xizmatni qo'lda faollashtiramiz.

5. Tashkilot qanday murojaat qiladi

Tashkilot vakili «Takliflar» bo'limi yoki shartnomadagi aloqa orqali murojaat qiladi va to'lov hujjatini (to'lov topshiriqnomasi, hisob raqami, sana, summa) ilova qiladi. Saytda to'lovni bekor qilish yoki qaytarish tugmasi yo'q: har bir so'rov administrator tomonidan qo'lda ko'rib chiqiladi. Pul ikki marta yechilgan bo'lsa, foydalanuvchi ham «Takliflar» orqali ikkala yechim sanasi, summasi va to'lov usulini yozadi.

6. Ko'rib chiqish muddati

So'rov 5 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi. Qaytarish tasdiqlansa, pul qaysi hisobdan kelgan bo'lsa, o'sha hisobga qaytariladi va shu to'lov bilan berilgan xizmat yopiladi.

7. O'zgarishlar

Siyosat o'zgarsa, yangi tahriri shu sahifada sanasi bilan e'lon qilinadi va u kuchga kirgandan keyingi to'lovlarga qo'llanadi.

Mundarija

  1. Umumiy qoida
  2. Istisnolar
  3. Pul qaytarilmaydigan hollar
  4. Xizmat ochilmasa
  5. Tashkilot qanday murojaat qiladi
  6. Ko'rib chiqish muddati
  7. O'zgarishlar

Boshqa hujjatlar

Foydalanish shartlari Maxfiylik siyosati Yordam