Ko'p so'raladigan savollar va platformadan foydalanish bo'yicha qisqa qo'llanma.
Mockland (mockland.uz) — O'zbekistondagi imtihonlarga onlayn tayyorgarlik platformasi. DTM, Milliy sertifikat, IELTS, TOPIK va boshqa imtihonlarni rasmiy formatda, vaqt chegarasi bilan topshirasiz. Test qismlari darhol baholanadi va har savol bo'yicha tahlil beriladi.
Bo'limlar tartibi, savollar soni, vaqt va baholash shkalasi rasmiy formatga moslangan: masalan, to'liq DTM 90 savol va 3 soat, ball 189 ballik tizimda. Natija tayyorgarlik darajangizni ko'rsatadi, lekin davlat sertifikati o'rnini bosmaydi.
DTM: DTM (BMBA) formatidagi blok test (90 savol, 189 ball). Milliy sertifikat ikki yo'nalishdan iborat: Multilevel til imtihoni (Listening, Reading, Writing, Speaking; 75 ballda B1/B2/C1) va fan sertifikati (A+…C). IELTS: xalqaro format, 0–9 band. SAT: College Board'ning raqamli imtihoni (Reading & Writing va Math), 98 savol, 400–1600 ball, modullar moslashuvchan. TOPIK: koreys tili darajasi (TOPIK I va II, 1–6 level). TOEFL iBT: ingliz tili, 1.0–6.0 band. Goethe: nemis tili, har modul /100 ball, o'tish chegarasi 60.
Klaviaturada tez va xatosiz yozish mashqi: o'zbek (lotin va kirill), rus va ingliz tillarida, 30, 60 yoki 120 soniyalik. Barcha rejimlar («So'zlar», «Matn», «Raqamlar») shaxsiy mashq uchun, natijalar reytingga chiqmaydi. Natijada tezlik (WPM), aniqlik, daraja, har soniyadagi tezlik grafigi va xato bosilgan tugmalar ko'rinadi.
Tez yozish«Ro'yxatdan o'tish» sahifasida to'liq ismingizni kiriting, login tanlang va kamida 8 belgili parol yarating. Telefon va email ixtiyoriy. Parolni o'zingiz tiklay olishingiz uchun ro'yxatdan o'tgach Telegram botimizni ulang. Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosatiga rozilik belgisini qo'yib, «Ro'yxatdan o'tish» ni bosing. «Google orqali kirish» tugmasi bilan ham ro'yxatdan o'tish mumkin: login Google emailingizdan avtomatik olinadi, keyin «Sozlamalar» → «Xavfsizlik» bo'limida parol o'rnatsangiz, shu login va parol bilan ham kira olasiz. Maktabingiz yoki o'quv markazingiz ochiq ro'yxatdan o'tishni yopgan bo'lsa, hisobni tashkilot administratori ochib beradi.
Ro'yxatdan o'tishKirish sahifasida «Parolni unutdingizmi?» ni bosib, loginingizni yuboring. Hisobingiz Telegram botimizga ulangan bo'lsa, bot 30 daqiqa amal qiladigan tiklash havolasini yuboradi va yangi parolni o'zingiz o'rnatasiz. Ulanmagan bo'lsa, so'rov administratorga boradi va u yangi parol beradi. Emailga tiklash havolasi yuborilmaydi, shuning uchun Telegram'ni oldindan ulab qo'ygan ma'qul. Parolni istalgan vaqtda «Sozlamalar» → «Xavfsizlik» bo'limida o'zingiz almashtirishingiz mumkin. O'qituvchi va administrator hisoblari uchun shu bo'limda ikki bosqichli kirish ham yoqiladi.
SozlamalarHisob (bosh administratordan tashqari) bir vaqtda faqat bitta qurilmada ishlaydi: yangi qurilmadan kirsangiz, oldingisidagi sessiya yopiladi. Bu hisob va coinlarni boshqalar bilan bo'lishib ishlatishdan himoya qiladi. Hisobingizga kirilgan qurilmalarni «Sozlamalar» → «Qurilmalar» bo'limida ko'rib, keraksizlaridan chiqarishingiz mumkin.
Sozlamalar«Profil» sahifasidagi Telegram blokida «Botga ulash» tugmasini bosing, bot ochilgach «Start» ni bosing. Shundan keyin natijalar, sertifikat imtihoni haqidagi xabarlar va haftalik hisobot Telegram'ga keladi, parolni ham bot orqali tiklaysiz. Ota-onangiz ham xabar olishi uchun shu blokdagi «Ota-onani ulash» tugmasini bosing va havolani ularga yuboring: havola 30 daqiqa amal qiladi.
ProfilInterfeys o'zbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tillarida, til tepadagi til tugmasidan almashtiriladi. «Ko'rinish» panelida mavzu (yorug', tungi va boshqa ranglar), uslub, fon rasmi va fon animatsiyasini tanlaysiz. Fon rasmi faqat sizning hisobingizda ko'rinadi, u PNG, JPG yoki WEBP formatida va 8 MB gacha bo'lishi kerak.
«Sozlamalar» → «Hisob» bo'limida «O'chirishni so'rash» ni bosing. Hisob so'rovdan 30 kun o'tib o'chiriladi, shu muddat ichida so'rovni bekor qilishingiz mumkin. Ism, login, email, telefon, rasmlar, qurilmalar va Telegram ulanishi o'chiriladi, natijalar, to'lovlar va sertifikatlar esa shaxssiz holda qoladi. Avval shu bo'limda ma'lumotlaringizni PDF hisobot qilib yuklab oling.
SozlamalarOliy ta'limga kirish testiga tayyorlansangiz — DTM. Davlat til yoki fan sertifikati uchun — Milliy sertifikat. Xorijda o'qish yoki xalqaro ingliz tili darajasi uchun — IELTS. Koreys tili uchun — TOPIK. Pedagoglar uchun — attestatsiyaga tayyorgarlik. SAT, TOEFL, Goethe va Prezident maktablariga tayyorgarlik ham bor; savollar bazasi hali to'lmagan imtihonlar bosh sahifada «Tez orada» deb belgilanadi. Imtihon turini tanlagach to'liq imtihonni yoki bitta fan yoki bo'limni topshirishingiz mumkin. Har imtihonning bo'limlari, savollar soni va vaqti o'z sahifasida ko'rsatilgan.
Yon paneldan imtihon turini tanlang (DTM, Milliy sertifikat, IELTS, TOPIK va boshqalar), so'ng fan yoki bo'limni tanlab «Boshlash» ni bosing. Qisqa yo'riqnomadan keyin taymer ishga tushadi. Birinchi urinishni to'liq imtihon sifatida topshirsangiz, darajangiz aniqroq ko'rinadi.
Tepada qolgan vaqt turadi. Savollar orasida raqam yoki «Keyingi» tugmasi bilan o'tasiz. DTM'da javoblar «Javob varaqasi» da belgilanadi. Hamma javob tayyor bo'lgach «Yakunlash» ni bosing, vaqt tugasa imtihon o'zi yakunlanadi.
Writing javobini matn maydoniga yozasiz, yozgan so'zlaringiz soni ko'rinib turadi. Speaking'da savollarni imtihonchi ovozi beradi, javobingiz mikrofon orqali yozib olinadi. Brauzer mikrofonga ruxsat so'raganda ruxsat bering va boshlashdan oldin mikrofon hamda quloqchinni tekshiring.
Bir vaqtda faqat bitta imtihon ochiq bo'lishi mumkin. «Yakunlanmagan imtihoningiz bor» degan xabar chiqsa, avval o'sha imtihonni davom ettirib yakunlang, so'ng yangisini boshlang. Coin balansingiz imtihon narxiga yetmasa ham imtihon boshlanmaydi: bunda coin sahifasini ko'ring yoki tashkilot administratoridan coin so'rang.
Yon paneldagi «Natijalar» bo'limida topshirgan barcha imtihonlaringiz saqlanadi. Natija sahifasining tepasida umumiy ball rasmiy shkalada turadi, pastida har bo'lim va savollar bo'yicha tahlil. Adashgan savollaringiz «Xatolar daftari» ga tushadi va 1, 3, 7 va 21 kundan keyin qayta so'raladi. Har savol ostida sizning javobingiz, to'g'ri javob va izoh, alohida blokda esa mavzular bo'yicha zaif joylaringiz ko'rsatiladi.
NatijalarTashkilot orqali kirgan bo'lsangiz, o'qituvchingiz baholaydi. O'zingiz ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, javobingizni platforma baholovchisi baholaydi. Writing javobiga sun'iy intellekt taxminiy ball tayyorlaydi: tayyor bo'lgach u natija sahifasida «taxminiy» deb ko'rsatiladi. Yakuniy ballni baholovchi rasmiy mezonlar bo'yicha qo'yadi va u taxminiy balldan farq qilishi mumkin. Speaking javoblarini baholovchi yozuvni tinglab baholaydi.
Sertifikat imtihonida hamma bir vaqtda bir xil variantni yechadi. Ball Rasch modeliga asoslangan taxminiy ball sifatida barcha qatnashchilar javobiga qarab hisoblanadi va belgilangan kuni e'lon qilinadi. Natija varaqasi faqat shu imtihonda beriladi, oddiy mashqda ball darhol chiqadi va varaq berilmaydi. Boshlangandan keyin kirish oynasi cheklangan vaqt (odatda 30 daqiqa) ochiq turadi, oyna yopilgach kirib bo'lmaydi.
Sertifikat imtihonlariNatija imtihon sahifasida ko'rsatilgan sanada e'lon qilinadi va Telegram'ga ham xabar keladi. Ball T-shkalada beriladi (o'rtacha 50). Daraja: A+ 70 va undan yuqori, A 65, B+ 60, B 55, C+ 50, C 46. 46 dan past bo'lsa sertifikat berilmaydi.
Sertifikat imtihonlariSertifikat imtihoni natijalari e'lon qilingandan keyin mock natija varaqasi beriladi va yon paneldagi «Sertifikatlarim» sahifasida paydo bo'ladi. Uni oching va «PDF yuklab olish» tugmasi bilan saqlab oling. Bu rasmiy sertifikat emas — natijangizni ko'rsatuvchi hujjat; QR-kod orqali u berilgan kundan boshlab 2 yil davomida tekshirish mumkin.
SertifikatlarimHar sertifikatda MK-2026-AB12CD34 ko'rinishidagi raqam va QR-kod bor. QR-kodni skanerlang yoki «Sertifikatni tekshirish» sahifasida raqamni kiriting: sahifa sertifikat haqiqiy, muddati tugagan yoki bekor qilinganini ko'rsatadi. Tekshirish uchun hisob kerak emas.
Sertifikatni tekshirishCoinni bir necha daqiqada sotib olasiz:
Coin — platformadagi to'lov birligi: 1 coin = 1 000 so'm. Har bir imtihon va mashq necha coin turishi «Narxlar» sahifasidagi jadvalda yozilgan; imtihonni boshlashdan oldin narx va balansingiz ko'rsatiladi. Coin imtihon haqiqatan boshlanganda yechiladi: boshlamasdan chiqsangiz yoki texnik xato bo'lsa, coin qaytadi. Tashkilot orqali kirgan bo'lsangiz, imtihonlar tashkilot shartnomasi bo'yicha ochiladi.
Coinlar sahifasiPayme yoki Click'ni tanlasangiz, ularning to'lov sahifasiga o'tasiz. To'lov o'tgach coin avtomatik hisobingizga tushadi, administrator tasdig'i kerak emas. Saytga qaytganingizda to'lov holati tekshiriladi: pul yechilgan, lekin holat hali yangilanmagan bo'lsa, bir necha daqiqadan keyin sahifani yangilang. Onlayn to'lov hali ulanmagan bo'lsa, to'lov Telegram botimiz orqali administrator bilan kelishiladi: botga hisobingizni ulab, /yordam buyrug'i bilan yozasiz, administrator tasdiqlagach coin qo'lda qo'shiladi.
Coinlar sahifasi«Coinlar» sahifasidagi «To'lov so'rovlarim» ro'yxatida to'lov holatini ko'ring. Payme yoki Click orqali to'lov odatda bir necha daqiqada tasdiqlanadi. Tasdiqlangan to'lov yonida «Kvitansiya» chiqadi: uni chop etish yoki PDF qilib saqlash mumkin. Savol qolsa, «Takliflar» orqali yozing.
Coinlar sahifasiTo'lov oynasidagi «Promo-kod» maydoniga kodni kiriting va «Qo'llash» ni bosing: chegirma va yangi summa darhol ko'rsatiladi. Har bir promo-koddan bir marta foydalanish mumkin. Kodning muddati yoki foydalanish limiti tugagan bo'lishi mumkin: bunday holda oynada sababi yoziladi.
Coinlar sahifasiRo'yxatdan o'tganda bonus coin beriladi: u bilan istalgan imtihon yoki mashqni sinab ko'rasiz. Namuna testlar, kunlik savol va arena bepul. Do'stingizni taklif qilsangiz, ikkalangizga qo'shimcha coin beriladi. Tashkilot orqali kirgan bo'lsangiz, imtihonlar tashkilot shartnomasi bo'yicha ochiladi.
Sotib olingan coin 12 oy, bonus coin (ro'yxatdan o'tganda, do'st taklifi uchun yoki administrator bergan) 60 kun amal qiladi. Har bir coinning tugash sanasi «Coinlar» sahifasida ko'rinadi; avval eng tez tugaydigan coin sarflanadi. Muddati o'tgan coin yonadi.
Coinlar sahifasiYo'q. Coin pulga almashtirilmaydi va boshqa foydalanuvchiga o'tkazilmaydi. Avtomatik yechib olish yo'q: coin faqat siz boshlagan imtihonga sarflanadi.
Coinlar sahifasiPayme yoki Click orqali qilingan to'lov qaytarilmaydi va coin pulga almashtirilmaydi. Ikki istisno bor — tashkilot adashib boshqa hisobdan o'tkazgan pul va texnik xato tufayli bitta to'lov uchun ikki marta yechilgan pul: ular tekshiruvdan keyin qo'lda qaytariladi. Pul yechilib, coin tushmagan bo'lsa, «Takliflar» orqali sana, summa va to'lov usulini yozing — biz coinni qo'lda qo'shamiz.
Qaytarish siyosati«O'quv markazlarga» sahifasidan so'rov qoldiring. Tashkilotga o'z nomi va brend rangi bilan alohida panel ochiladi: o'quvchilar va guruhlarni qo'shasiz, o'quvchilarga coin taqsimlaysiz va oylik hisobot olasiz.
O'quv markazlargaTashkilot administratori admin paneldagi «Foydalanuvchilar» bo'limida o'quvchi hisoblarini bittalab yoki Excel fayldan ommaviy yaratadi. Login va parolni tizim o'zi beradi, ro'yxatni yuklab olib o'quvchilarga tarqatasiz. Tashkilot ochiq ro'yxatdan o'tishni yoqqan bo'lsa, o'quvchi tashkilot havolasi orqali o'zi ham ro'yxatdan o'tishi mumkin. O'quvchilar tashkilot bergan kirish havolasi yoki QR kod orqali tashkilot sahifasiga kiradi.
Admin paneldagi «Mening guruhlarim» (markaz administratori uchun «Guruhlar») bo'limida guruhni oching va imtihon tayinlang. O'quvchilar topshirgach natijalar guruh sahifasida yig'iladi. O'qituvchi faqat o'ziga biriktirilgan guruhlarni ko'radi: ularga imtihon tayinlaydi, Writing va Speaking javoblarini baholaydi va har o'quvchining natijalari hamda o'sishini kuzatadi.
Ha. Platforma telefon, planshet va kompyuter brauzerida ishlaydi, ilova o'rnatish shart emas. Uzun imtihonlarni, masalan to'liq DTM yoki IELTS ni kompyuterda topshirish qulayroq.
Javoblar avtomatik saqlanadi. Internet uzilsa, javoblar shu qurilmada saqlanib turadi va ulanish tiklanishi bilan serverga yuboriladi, bu paytda oynani yopmang. Sahifa yopilib qolsa, qayta kiring: vaqt tugamagan bo'lsa, imtihonni qolgan vaqt bilan davom ettirasiz. Imtihon vaqti siz yo'qligingizda ham o'tib turadi.
Audio rasmiy imtihondagidek belgilangan marta eshittiriladi va uni to'xtatib bo'lmaydi, shuning uchun boshlashdan oldin qurilma ovozini va quloqchinni tekshiring. Yozuv yuklanmasa, pleer o'zi qayta urinadi, «Qayta urinish» tugmasi chiqsa, uni bosing. Muammo takrorlansa, «Takliflar» orqali imtihon nomi va bo'limini yozib yuboring.
Takliflar«Takliflar» sahifasida xabar turini «Xatolik» qilib tanlang va qaysi sahifada, nima qilganingiz va nima yuz berganini yozing. Imtihon savolidagi xato haqida yozsangiz, imtihon turi va savol raqamini ko'rsating. Xabar platforma administratoriga boradi. Javob olishni istasangiz, email yoki Telegram username qoldiring.
Takliflar