Coin paketlari, har bir imtihon necha coin turishi va to'lov shartlari.
| Imtihon | To'liq | Mashq | Writing | Speaking |
|---|---|---|---|---|
| DTM | 3 | 1 | — | — |
| Milliy sertifikat | 3 | 1 | 3 | 3 |
| IELTS | 5 | 2 | 5 | 5 |
| TOPIK | 4 | 2 | 3 | 3 |
| Attestatsiya | 3 | 1 | — | — |
To'liq imtihon narxiga barcha bo'limlar kiradi. Mashqda Writing va Speaking tanlansa, ularning narxi qo'shiladi. Natija va savol izohlari narxga kiradi.
Imtihonni boshlashdan oldin narx va balansingiz ko'rsatiladi. Coin imtihon haqiqatan boshlanganda yechiladi: oynani ochib, boshlamasdan chiqsangiz yoki texnik xato bo'lsa, coin qaytadi.
Namuna testlar, kunlik savol, arena va ball kalkulyatorlari bepul. Natijani va o'sha imtihon savollarining izohlarini ko'rish imtihon narxiga kiradi. Ro'yxatdan o'tganda 5 coin beriladi.
Sotib olingan coin 12 oy, bonus coin 60 kun amal qiladi. Muddati o'tgan coin yonadi; har bir coinning tugash sanasi «Coinlar» sahifasida ko'rinadi.
Payme yoki Click orqali onlayn to'lovda coin darhol hisobingizga tushadi. Onlayn to'lov hali ulanmagan bo'lsa, to'lov Telegram botimiz orqali administrator bilan kelishiladi va tasdiqlangach coin qo'lda qo'shiladi.
Odatda yo'q: to'langan summa qaytarilmaydi va coin pulga almashtirilmaydi; istisnolar (texnik xato, test davrida xizmat ko'rsatilmagan holat) «Qaytarish siyosati»da yozilgan.
Unda imtihonlar tashkilotingiz shartnomasi bo'yicha ochiladi. Alohida coin sotib olish shart emas.