Asosiy mazmunga o'tish
Asosiy
Bosh sahifaDTMMilliy sertifikatIELTSTOPIKAttestatsiya
O'quv markazlargaHamkorlik arizasi qoldiringFikr va takliflar
mockland.uzTEST
Kirish

Ona tili va adabiyoti (blok): namuna test

Barcha fanlar

10 ta savol. Javoblarni belgilang, natija va to'g'ri javoblar darhol chiqadi. Hech narsa saqlanmaydi.

1 / 10
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasiga qaysi holatda ikki nuqta qo‘yiladi?
2 / 10
Muhammad Rizo Ogahiy qalamiga mansub g‘azaldan olingan ushbu parchani o‘qing. Boshimga yoqqan g‘am toshin mingdin biricha bo‘lmag‘ay, Gardun agar ming Besutun yog‘dursa Farhod ustina. Ey shah, karam aylar chog‘i teng tut yamon-u yaxshini Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina. Muhammad Rizo Ogahiy qalamiga mansub ushbu parcha haqidagi to‘g‘ri hukmni aniqlang.
3 / 10
Qaysi gaplarda tire tinish belgisi bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan? 1. Kenja botir: “Dushmanga tiz cho‘kib yashaganimdan ko‘ra tik turib o‘lganim yaxshi”, – debdi. 2. Xalqimiz aytadi: “Ilmga – tuganmas xazinaga – faqat mashaqqat chekkanlargina erisha oladi”. 3. Qizlar ham, bolalar ham – hammasi meni yaxshi ko‘rishadi. 4. Juda ko‘p yordam berdik – o‘zida intilish yo‘q. 5. O‘sha ko‘zoynakli ustozni – Anvar Ahmedovni – barcha kursdoshlarimiz yaxshi eslashadi.
4 / 10
Qaysi gapda taxmin-gumon ifodalash uchun qo‘llangan modal so‘z ishtirok etgan?
5 / 10
Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
6 / 10
Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanida Sharafuddin Xodjayev Miryoqubning qaysi qilmishini: “Mencha, bu – millatga xiyonat!” – deya baholaydi?
7 / 10
Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidan olingan mazkur she’riy parchani o‘qing. Bo‘ldi yaqinkim bu saxovat emas, Ahli saxo* muni saxovat demas. Yoyar anga supraki, ul och emas, Berur anga to‘nki, yalang‘och emas. Xizrg‘a yetgach tutar obi hayot, Misr shakarrezig‘a* habbi nabot*. (ahli saxo* – saxovatli kishilar; shakarrez* – shakar sochuvchi, shakar tarqatuvchi; nabot* – novvot) Alisher Navoiy qalamiga mansub ushbu she’riy parchaning mazmuniga mos bo‘lgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri?
8 / 10
I. Mashinani shu yerda to‘xtatib keting, kech tushmay qishloqqa yetib olishim kerak. II. Maktabga boray, siz so‘ragan narsani topay, keyin aytishim mumkin, shoshiravermang. III. Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar, Ketmagimdan, oxir, ayt, bormi zarar, ketmoqdaman. Quyidagi qaysi fe’l shakllari berilgan gaplarning har uchalasida ishtirok etgan? 1) orttirma nisbatdagi fe’l; 2) sof fe’l; 3) o‘tgan zamon ma’nosidagi fe’l; 4) harakat nomi; 5) o‘timli fe’l.
9 / 10
“Ko‘rganing – seniki”, – der edi bobom, Ellarni, dillarni kerak ko‘rishim. Ochilmagan qo‘riq, noma’lum yulduz Bari-bari – mening ulushim. She’riy parchadagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar qanday mazmunni ifodalashga xizmat qilgan?
10 / 10
Abdulla Qahhor qalamiga mansub “O‘g‘ri” hikoyasi voqealar rivoji va umumiy mazmunidan kelib chiqib, hikoyadagi amaldorlar haqidagi to‘g‘ri izohni aniqlang.
Belgilandi: 0 / 10