Asosiy mazmunga o'tish
Asosiy
Bosh sahifaDTMMilliy sertifikatIELTSTOPIKAttestatsiya
O'quv markazlargaHamkorlik arizasi qoldiringFikr va takliflar
mockland.uzTEST
Kirish

Huquqshunoslik: namuna test

Barcha fanlar

10 ta savol. Javoblarni belgilang, natija va to'g'ri javoblar darhol chiqadi. Hech narsa saqlanmaydi.

1 / 10
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori … oldida javobgar hisoblanadi. 1) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori; 2) Konstitutsiyaviy sud raisi; 3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi; 4) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud raisi.
2 / 10
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida necha qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi?
3 / 10
Qaysi vaqt oralig‘ida gumon qilinuvchi shaxsga nisbatan tergov harakatlarini olib borish mumkin emas?
4 / 10
Intizomiy jazoning amal qilish muddatini ko‘rsating.
5 / 10
Quyida berilgan yuridik atamalar va ularning izohi to‘g‘ri moslashtirilgan javobni toping. I. Paritet II. Penya III. Subsidiya a) tenglik, turli davlatlarning pul birligi yoki og‘irlik o‘lchovlaridagi mutanosiblik b) ma’lum muddat mobaynida qandaydir faoliyat bilan shug‘ullanish uchun berilgan mutlaq hujjat c) davlat va boshqa organlar tomonidan bajarilgan muammolar uchun undiriladigan pul yig‘imi d) majburiyatni o‘z vaqtida bajarmagani uchun beriladigan sanksiya, to‘lanadigan summa e) davlat budjeti hisobidan mahalliy hokimiyat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan yordam
6 / 10
Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan og‘ir jinoyat uchun (a) va o‘ta og‘ir jinoyat uchun (b) qancha muddatga jazo muddati tayinlanadi? 1) yetti yilgacha; 2) sakkiz yilgacha; 3) o‘n yilgacha; 4) o‘n ikki yilgacha.
7 / 10
To‘g‘ri ma’lumot berilgan javobni aniqlang. 1) sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda bolani moddiy jihatdan ta’minlash uchun ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onadan (yoki ularning biridan) aliment undirilishini bekor qilish haqida qaror qabul qiladi; 2) er va xotinning umumiy mol-mulki hisobidan o‘rtadagi voyaga yetmagan bolalar nomiga qo‘yilgan omonatlar o‘sha bolalarga tegishli hisoblanib, er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish paytida e’tiborga olinmaydi; 3) er va xotinning nikohga qadar o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida olgan mol-mulki ularning umumiy mulki hisoblanadi; 4) nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi talablariga nisbatan uch yillik da’vo muddati qo‘llaniladi.
8 / 10
Xalqaro huquq funksiyalari — bu …
9 / 10
Kassa cheki — bu … 1) tovarning sotib olinganligini yoki ishning haqi to‘langanligini tasdiqlaydigan, tovarning bahosi; 2) haq to‘langan sana hamda sotuvchining nomi va joylashgan manzili haqidagi ma’lumot ko‘rsatilgan hujjat; 3) haq to‘lanadigan sana va kassa apparatining raqami ko‘rsatilgan hujjat; 4) sotuvchining nomi, tovarning kafolat muddati va kassa apparatining raqami ko‘rsatilgan hujjat.
10 / 10
Etatik davlatga oid ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan javobni toping. 1) qonun o‘rnini ko‘pincha qat’iy buyruq va farmoyishlar egallaydi; 2) davlat boshqaruvi fuqarolar va ijtimoiy munosabatlar sub’ektlarining huquqlari va manfaatlarini ta’minlashni hisobga olgan holda amalga oshiradi; 3) davlat organlari va mansabdor shaxslariga haddan tashqari ko‘p vakolatlar beriladi; 4) davlat boshqaruvi huquqning ustuvorligiga asoslanadi.
Belgilandi: 0 / 10