10 ta savol. Javoblarni belgilang, natija va to'g'ri javoblar darhol chiqadi. Hech narsa saqlanmaydi.
1 / 10
Kerosin (ε = 2) bilan to‘ldirilgan yassi kondensator qoplamalari orasidagi bir jinsli elektr maydon kuchlanganligi 3 kV/m. Maydonning energiya zichligini aniqlang (μJ/m3). ε0 = 8,85·10−12 F/m.
2 / 10
Odam tasviri o‘lchami uning o‘ziga teng bo‘lishi uchun odam yig‘uvchi linzadan qanday masofada turishi kerak?
3 / 10
Yuzasi 10 sm2 bo‘lgan quvurdan 10 sekund davomida 10 kg suv oqib o‘tdi. Suvning oqish tezligini aniqlang. (m/s)
4 / 10
Suyuqlik ichidagi bosim qaysi jihoz bilan o‘lchanadi?
5 / 10
Elektromagnit to‘lqinlarning kvant xossalari ortib boruvchi tartibda joylashgan ketma-ketlikni ko‘rsating.
6 / 10
Velosiped g‘ildiragi yo‘lda sirpanmasdan g‘ildiramoqda. G‘ildirakning qaysi nuqtasi Yerga nisbatan eng katta tezlikka ega?
7 / 10
Qayiqning massasi 100 kg, uning tezligi 6 m yo‘lda 4 m/s dan 2,8 m/s ga tushgan. Suvning qayiq harakatiga qarshilik kuchi tezlikka proporsional deb hisoblab, proporsionallik koeffitsiyenti (kg/s) topilsin.
8 / 10
Plastinalari orasidagi masofa 3 sm va yuzasi 60 sm2 dan bo‘lgan yassi havo kondensatori 1 kV li o‘zgarmas kuchlanish manbaiga ulangan. Kondensator zaryadini aniqlang (nKl).
9 / 10
Odam yuqoriga harakatlanib, 1,5 m/s2 tezlanish bilan tormozlanayotgan lift ichida turibdi. Unga ta’sir etuvchi polning reaksiya kuchi 680 N. Odam massasi qanday (kg)? g = 10 m/s2
10 / 10
Hajmi 100 sm3, massasi 0,18 kg bo‘lgan sharcha kerosinda (ρ = 800 kg/m3) barqaror υ tezlik bilan cho‘kmoqda. Sharcha 2υ barqaror tezlik bilan ko‘tarilishi uchun unga qanday kuch bilan ta’sir qilish kerak? (N) Qarshilik kuchi jism tezligiga to‘g‘ri proporsional deb olinsin. g = 10 m/s2